“1000 KITOB – 1000 YILLIK MA’NAVIY XAZINAGA AYLANISHI MUMKIN”

Bugun “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasida Hindistonning Javohirlal Neru universiteti professori, Fors tili va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari, Buyuk Britaniyaning Oksford, Kembrij, AQShning Prinston universiteti doimiy ma’ruzachisi Axlaq Axan mehmon bo’ldi.

-Bizning universitetimizda boshqa ayrim tillar qatori o’zbek tili ham o’qitiladi, -deydi Axlaq Axan 1000KITOB loyihasi bilan tanisharkan. -Bugun sizning loyihangiz haqida ma’lumot olarkanman, o’zbek tili yanada yangi ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyishini o’ylab, ko’nglim tog’dek ko’tarildi. Loyihaning ahamiyati juda katta. Kun kelib tarjima qilingan nufuzli nashriyotlarning bestseller kitoblari nafaqat hozirgi o’zbek yoshlari, balki kelajak avlodlar uchun ham qimmatli manba bo’lib qolishiga ishonaman. Albatta, ular o’n, yuz yillik emas, balki ming yillik ma’naviy xazinaga aylanadi.

Shu asnoda barchangizni bizning Javohirlal Neru universitetida talabalar bilan uchrashuvga, kitoblaringiz taqdimotlarini o’tkazishga chorlab qolaman. Bundan o’zbek tilini o’rganayotgan hindistonlik talabalarimiz juda xursand bo’lishadi. Biz talabalarimizga  buyuk ajdodlaringiz Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Bedil, Amir Xusrav va boshqalarning ijodi haqida doimiy tushunchalar beramiz. Ularda o'zbek klassik va zamonaviy adabiyotiga qiziqish juda yuqori.


Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.