Ekspertlar kengashi a’zolari vazifalari nimalardan iborat?

Ekspertlar kengashi muayyan sohada ilmiy ish qilgan yoki o‘sha soha bo‘yicha faoliyati bilan nom chiqargan, jonkuyar mutaxassislar orasidan tanlab olinadi. Kengash a’zolari ro‘yxati O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarining qo‘shma ma’qullovidan so‘ng tasdiqlangan hisoblanadi. Ekspertlar kengashi tarkibi har yili qayta tasdiqlanadi.  

 

Ekspertlar kengashi a’zolari vazifalari:

 

🔹 Kengashdagi har bir ekspert o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy jamoatchilik va “1000Kitob” loyihasi o‘rtasida aloqalarni ta’minlaydi;   

🔹 O‘z tegishli sohalari doirasida tarjima qilinishi kerak bo‘lgan, zaruriy kitoblar bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganib chiqadi, o‘zi ham tavsiyalar beradi. Kitobning qiymati, ahamiyatini baholash uchun o‘z hamkasblari bilan maslahatlashgan holda uni yillik tarjima ro‘yxatiga kiritadi. Tarjima qilinajak kitob qiymati bo‘yicha o‘z asosnomasini beradi;

🔹 Tarjima qilinadigan kitoblarning yillik ro‘yxati shakllangach, Kengashning barcha a’zolari uni tasdiqlashi lozim. A’zolarning kamida uchdan ikki qismi imzolagach, ro‘yxat tasdiqlangan hisoblanadi;

🔹 Har bir ekspert o‘z sohasiga daxldor kitoblar tarjimasi, tahriri jarayonida ularning sifatini baholab boradi. Qilingan tarjima ekspertning ijobiy xulosasini olgandan keyingina Loyiha ofisi uni tahrirlashni boshlash uchun nashriyotga ruxsat beradi. Ekspertlar xulosa berishdan oldin Kengash tarkibida bo‘lmagan hamkasblari bilan ham bamaslahat ishlashi maqsadga muvofiq va bu tarjimaga yanada obyektiv baho berilishini ta’minlaydi;

🔹 Ekspertning tarjimaga bergan xulosasi yetarlicha asosli, dalillangan bo‘lishi lozim. Ekspertning salbiy xulosasi tarjimani butkul rad etishga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois ekspertlardan xulosa berishda mas’uliyatni his etgan holatda, matnni jiddiyroq ko‘rib chiqish talab etiladi;

 

🔹Ekspert kitob tarjimasi uchun taqrizchi sifatida ko‘rsatiladi;

🔹Ekspertlar nashriyotlar bilan bevosita emas, faqat Loyiha ofisi orqali ishlaydi;

🔹Bir kitob tarjimasi sifatini birdan ortiq ekspert nazorat qilishi, baholab borishi mumkin;

🔹Hajmi, murakkabligidan kelib chiqib, har bir kitob uchun ekspertga belgilangan tartibda haq to‘lanadi.

➡️ Ekspertlar kengashi tarkibi bilan ushbu havola orqali  (https://telegra.ph/Ekspertlar-royxati-05-21)batafsil tanishishingiz mumkin.

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.