“Iqtisodiyotning muxtasar tarixi”: tarjimaga asos 5 ta fakt

🔰Ushbu kitob:


1️⃣ Sizu bizni Adam Smit, Karl Marks, Jon Keyns kabi iqtisod ilmining klassik mutafakkirlari gʻoyalari bilan tanishtiradi. Shuningdek, pul ixtirosidan tortib, tadbirkorlik va xulq-atvor iqtisodiyotigacha boʻlgan mavzular yoritilgan. Bu orqali kitobxon hozirgi dunyoni shakllantirgan iqtisodiy gʻoyalar va kuchlar haqida maʼlumotga ega boʻlishi mumkin.

2️⃣ Muallifi – yozuvchi, iqtisodchi va tarixchi Nayl Kishtayni. U Buyuk Britaniya hukumatida siyosiy maslahatchi, BMTda esa Afrika davlatlari boʻyicha Iqtisodiy maslahatchi boʻlib ishlagan. Shuningdek, London Iqtisodiyot maktabining Iqtisod tarixi kafedrasida maʼruzalar qilgan. "Iqtisodiyot tarixi", "Iqtisodiyot daqiqalarda" kabi asarlar muallifi.

3️⃣ 1908-yilda tashkil etilgan Yel universiteti nashriyoti chop etgan (2017). Ushbu nashriyot Nyu-Xeyven (AQSH, Konnektikut shtati)da joylashgan. Buyuk Britaniyada o‘z filialiga ega kam sonli Amerika universitet nashriyotlaridan biri. Filial nashriyot tomonidan chop etilgan kitoblarning deyarli uchdan bir qismini nashr etadi.

4️⃣ Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Robert Shiller kitobga "...qiziqarli va puxta, iqtisodchilar dunyoni anglashimizga qanday hissa qo‘shganini tushuntirishda yetakchi asardir” deb taʼrif beradi.

5️⃣ “Yalang‘och iqtisodiyot” muallifi Charlz Uillan esa kitobni iqtisodiyotga qiziqqan har bir kishi uchun "intellektual xazinadir” deya taʼkidlaydi.

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.