"Loyihasiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi":
1️⃣ Urbanizatsiya muammolariga yechim beradi: Shaharlarimizdagi urbanizatsiya jarayoni infratuzilmalar yetishmasligi, tartibsizlik va atrof-muhit tanazzuli kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xalqaro tajribalar asosida yozilgan ushbu kitob urbanizatsiya jarayonida paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishda amaliy yechimlar beradi.
2️⃣ Shahar loyihalarini bozor mexanizmlari asosida qanday takomillashtirishni tushuntiradi: Shaharning barqaror rivojlanishida nafaqat rejalashtirish, balki bozorlar mexanizmlaridan foydalanish ham muhim. Ushbu kitob shaharlar loyihalanayotganda bozor imkoniyatlari hisobga olinmagani oqibatida qanday muammolarga uchraganini bayon qiladi. Bu esa ma’sullarga yangi qurilayotgan shaharlarda shunga oʻxshash muammolar paydo boʻlmasligi uchun nimalar qilish haqida yangi g’oyalar beradi.
4️⃣ Xalqaro tajriba va almashinuvni rag'batlantirish: Bu kabi muhim kitoblar orqali xalqaro tajriba o’rganilib, turli shaharlar bilan ilmiy va madaniy almashinuv rivojlanadi. Oʻzbek talabalari bu orqali xalqaro ekspertlar fikrlari, zamonaviy shaharsozlikdagi yondashuvlarni tushunadi. Bu esa shaharlarimizdagi muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlarga yo'l ochadi.
4️⃣ Oliy ta’lim uchun ilmiy manbalar koʻlamini kengaytiradi: Shaharsozlik bo’yicha nufuzli ushbu kitobni tarjima qilish orqali ta’lim muassasalarining soha bo'yicha resurslari kengayadi va talabalar shaharsozlik borasida yana bir ilg'or adabiyotdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
5️⃣ Muallif va nashriyot: Muallif Alan Bertaud Nyu-York Universiteti va uning Stern urbanizatsiya loyihasida katta tadqiqotchi urbanist. Kitob nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Massachusetts Texnologiya Instituti tomonidan nashr etilgan.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun