Mulohazalari asrlar osha eskirmagan muallif — Mark Avreliy

1000KITOB ekspertlari ham Rim imperiyasi haqida tez-tez o‘ylab turishadi. Shuning uchun ro‘yxatga imperiya tarixidagi eng buyuk besh imperatordan biri Mark Avreliyning kitobini ham qo‘shishgan.

 

Mark Avreliy II asrda Rim imperiyasini boshqargan. Uni hozirgacha insoniyat tarixidagi kam sonli adolatli, insoniy sifatlarga ega hukmdor sifatida eslashadi. Shuningdek u stoik falsafasi mutafakkirlardan biridir.

Kelib chiqishi asli hukmdorlar avlodidan bo‘lmagan. Tarixiy ma’lumotlarga tayansak, Avreliydan oldingi imperator farzandsizligi sababli Mark Avreliy va yana bir bolani asrab oladi. Taxt vorisi etib tayinlanganidan so‘ng bolalar ta’limiga alohida e’tibor qaratilgan. Mark afinalik ritorik Gerodos Attik, Markus Frontodan tahsil olgan.

Avreliyning imperatorlik davri og‘ir, urushlarga to‘la o‘tganiga qaramay, tarixga eng adolatli va qudratli hukmdor sifatida kirgan. Uning biz tarjima qilayotgan "O‘zimga xitob" (Meditations) asarida mas’uliyat, hokimiyatni suiiste’mol qilmaslik va vazifalariga vijdonan yondashish haqida chuqur mulohazalar keltirilgan.

 

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.