Nurali Qobul: Bunday loyiha va tashabbuslar dunyo tarixida bo’lmagan
Taniqli yozuvchi, tarixchi, shoir hamda tarjimon, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurali Qobul “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasining navbatdagi mehmoni bo’ldi. O’z fikrlari bilan o’rtoqlashar ekan, Nurali Qobul jahon va o’zbek adabiyoti hamda ilm-fani tarixida hali davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan bu kabi yirik loyihalar va tashabbuslar bo’lmaganini alohida ta’kidladi.
“Prezidentimizning tegishli qarori bilan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi tashkil etilgani va dunyo adabiyoti, ilm-fanining eng ommabop 50ta kitobi o’zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilish arafasida ekanini eshitib quvondik. Bu xayrli tashabbus. Yoshlarlarimizning ilm-fan, adabiyotga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishda, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari kutubxonalari, axborot-resurs markazlarini mazmunan boy asarlar bilan boyitishda buning ahamiyati katta.
Endi uning targ’ibotini yurtimiz yoshlari, yosh olimlari va keng jamoatchilik orasida tizimli olib borish kerak deb, o’ylayman.”
Eslatib o’tamiz, bugungi kunda 1000 Kitob loyihasida iqtisodiyot, siyosatshunoslik, tabiiy fanlar, ekologiya, sun’iy intellekt kabi turli yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatuvchi
30 dan ortiq ekspert-mutaxassis;
▫️41 nafar tarjimon;
▫️28 nafar muharrir;
▫️12 nafar musahhih;
▫️10 nafar sahifalovchi va muqova dizaynerlari;
Jami 120 nafardan ortiq mutaxassis mehnat qilmoqda.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun