Tanishing, Alen Berto
– Xalqaro tajribaga ega urbanist;
– Marron instituti ilmiy xodimi;
– Nyu-York universiteti va uning Stern urbanizatsiya loyihasida katta tadqiqotchi urbanist.
Berto ko‘plab davlat va shaharlarda – Tailand, Salvador, Gaiti, Yaman, Nyu-York, Parij, Jazoir va Hindistonda urbanizatsiya bo‘yicha rejalashtiruvchi bo‘lib ishlagan. 1999-yilgacha Jahon bankida shaharsozlik bo‘yicha bosh mutaxassis, nafaqaga chiqqach esa bankda mustaqil maslahatchi bo‘lib faoliyatini davom ettirgan.
U bozorlar va urbanizatsiya amaliyoti haqida 2018-yili nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri – Massachusetts Texnologiya Instituti tomonidan chop etilgan “Loyihasiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi” (https://t.me/mingkitobuz/44) kitobi muallifi. Ushbu asar xitoy va portugal tillariga tarjima qilingan.
Dunyoning 40 dan ziyod shahridagi ellik yillik tajribasiga tayangan Berto shaharlar rivoji mehnat bozoridagi talabning o‘sishi bilan bog‘liqligini o‘rgangan. Iqtisodiy nazariyalarni shaharsozlikka tatbiq qilish shahar aholisi turmush darajasining sezilarli ko‘tarishini, infratuzilma va bozorlarni loyihalash bir-birini to‘ldirishini ta’kidlaydi.
Alen Berto 2024-yili Hindistondagi CEPT (Centre for Environmental Planning and Technology) universitetining faxriy doktori unvoni bilan (universitet tarixida ilk marta) taqdirlangan.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun