Tanishing, Andras Sheyo (Andras Sajo)
– Vengriyalik huquqshunos akademik;
– 1949-yili Budapeshtda tug‘ilgan;
– Markaziy Yevropa Universiteti (Central European University – CEU) professori, yuridik tadqiqotlar kafedrasi asoschisi;
– Amerika huquq instituti (1997) hamda Vengriya Fanlar akademiyasi (1995) a’zosi;
– Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi sudyasi bo‘lgan (2009–2017).
Professor Sheyo taniqli konstitutsiyachi sifatida alohida mavqega ega. Bu borada olimning bir qator davlatlar, xususan, Ukraina, Gruziya va Janubiy Afrika konstitutsiyalarini tayyorlashdagi ishtirokini ta’kidlash kifoya.
Sheyo “Konstitutsiyaviy tuyg‘ular” (2011), “Ozodlik konstitutsiyasi” (2017) kabi asarlari bilan mashhur. U 1986-yilda Vengriya Fanlar Akademiyasining Kitob mukofotini qo‘lga kiritgan.
Loyihamiz doirasida uning “Hokimiyatni tiyish: konstitutsiyaviylikka qadam” (“Limiting Government: Introduction to Constitutionalism”) kitobi nashrga tayyorlanmoqda. Kitobda olim nafaqat konstitutsiyaviylik tarixi va nazariyasini qiyoslaydi, balki davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni ham tahlil qiladi. AQSH, Fransiya va Veymar Konstitutsiyasi tarixiga tayanib, muvaffaqiyasizliklardan nimani o‘rganish mumkinligini yozadi. Kitobda hokimiyatlar bo‘linishi va konstitutsiyaviy nazoratning turli shakllari ham bayon etilgan.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun