Tanishing, Bill Brayson
– jurnalist;
– 1951-yili AQSHda tug‘ilgan;
– sayyohlik, ingliz tili tarixi va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy-ommabop kitoblar muallifi;
– Buyuk Britaniyada Oksford va Kembrijdan keyin uchinchi qadimiy universitet Darem universiteti rektori (2005-2011) bo'lgan.
Brayson murakkab mavzularni hazil-mutoyiba tilida bayon qilishi bilan mashhur. Bunda uning mahalliy gazetalardagi faoliyati ham ancha qo‘l kelgan.
Uning aksar asarlari sayohatlarga bog‘lanadi. “Yo‘qolgan qit’a: Amerika shaharchalariga sayohat”, “Bu yerda ham, u yerda ham emas: Yevropaga sayohatlar”, “Kichik oroldan qaydlar” shular jumlasidan. Ushbu kitoblar shunchaki yo‘l chizgilari emas, balki safar davomida muallif duch kelgan madaniyatlar haqida goh keskin, goh hazilomuz kuzatuvlardir.
“Kichik oroldan qaydlar” 2003-yili Butunjahon kitob kuni munosabati bilan Britaniyaning o‘ziga xosligi va millat holatini eng yaxshi aks ettirgan kitob deb topilgan.
Braysonga tom ma'noda shuhrat keltirgan asar Loyihamiz doirasida nashrga tayyorlanmoqda. (https://t.me/mingkitobuz/68)Bu uning 2003-yili chop etilgan “Hamma narsaning qisqa tarixi” (“A Short History of Nearly Everything”) kitobidir. Ushbu kitob eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob sifatida “Aventis” (2004) hamda “Dekart” (2005) mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Brayson til masalalariga ayricha e’tibor qaratgan. Uning ingliz tili tarixiga oid ikki asari mashhur. Bular – “Ona tili”, “Amerika mahsuloti: Ingliz tilining Qo‘shma Shtatlardagi norasmiy tarixi”. Muallif ushbu kitoblarda ingliz tilining o‘ziga xosligi va tarixini tadqiq etarkan, odatdagi uslubiga sodiq qolib, ta’limiy asarlarga hazilomuz yondashishdan o‘zini cheklamaydi.
Muallif, bulardan tashqari, “Braysonning muammoli so‘zlar lug‘ati”ni ham yaratgan. Qo‘llanma har bir til jonkuyarining ish stolida bo‘lishi kerak, deb ta'kidlanadi.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun