Tarjima uchun kitoblar qanday mezonlar asosida tanlanadi?

Tarjima uchun kitoblarni tanlashda quyidagilar o‘rganib chiqiladi:

 

➖kitobning dolzarbligi va ta’limiy ahamiyati;

➖kitobning yoshlar intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishdagi o‘rni;

➖muallif shaxsining xalqaro maydonda tutgan o‘rni;

➖kitobni chop etgan nashriyot mavqeyi;

➖kitob haqida mutaxassislar munosabati.

Ushbu mezonlar doirasida kitoblarni bevosita ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va boshqa sohalarda tajribali va yetakchi olimlardan iborat tarkibda tuzilgan Ekspertlar kengashi atroflicha o‘rganib chiqadi. Kitoblar ro‘yxati shu asosda shakllantiriladi.

Loyihada xususiy nashriyotlar chop etib foyda olishi imkonsiz bo‘lgan, biroq muayyan soha uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiluvchi kitoblar tanlab olinadi (odatda, bunday nashrlarning mualliflik huquqi arzon emas, tarjima tili va uslubi murakkab, chop etish xarajatlari va shunga mos ravishda narxi ham qimmat bo‘ladi).   

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.