Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdi
“Turkistonda Jadidchilik” kitobi muallifi, tarixchi olim Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurib, agentlik loyihalari bilan tanishdi.
U “Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi jamoasi bilan uchrashib, asarining oʻzbek tiliga tarjima qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Qizlar akademiyasi, Mutolaa, WikiStipendiya va UzChess loyihalari faoliyati bilan ham tanishdi. Tashrif yakunida olim jamoaga muvaffaqiyat tilab, loyihalar unga juda yoqqanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Adib Xolid — “Oʻzbekiston tavalludi” (Making of Uzbekistan), “Turkistonda Jadidchilik” (Jadidism in Central Asia), “Markaziy Osiyo” (Central Asia) kitoblari muallifi. U Minnesota shtatining Nortfild shahridagi Karleton kollejida Osiyo tadqiqotlari va tarix boʻyicha dotsent, Jeyn va Rafael Bernshteyn professori hisoblanadi.
Ertaga soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida Adib Xolid bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.
