Andijon davlat pedagogika institutida kitobsevar yoshlar bilan uchrashuv
Andijon davlat pedagogika institutining 100 dan ortiq talabalariga “1000 kitob” loyihasi targ‘iboti olib borildi. Uchrashuv davomida loyiha maqsadi, uning yoshlar tafakkurini boyitishdagi o‘rni hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ahamiyati haqida suhbatlashildi.
Yoshlar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdilar. Kitob — tafakkur va muvaffaqiyat sari eng ishonchli yo‘l!
