1000KITOB jamoasi ishtirokida “Kitoblar qanday yaratiladi?” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

1000KITOB jamoasi ishtirokida “Kitoblar qanday yaratiladi?” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

1000KITOB jamoasi ishtirokida “Kitoblar qanday yaratiladi?” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

Ushrashuv davomida ishtirokchilar kitob gʻoyadan tortib bosmaxonagacha qanday yaratilishi, tarjima uchun asarlarni kimlar tanlab olishi, tajima uchun asarlarni kimlar saralashi va bugun mutolaa amaliyoti qanday oʻzgarib borayotgani haqida batafsil ma’lumot oldi. Shuningdek, kitobxonlardan qoʻyilayotgan yangi talablar va zamonaviy oʻqish odatlari muhokama qilindi. 

Shu bilan birga, “1000kitob” jamoasi loyihaning faoliyati, asosiy yoʻnalishlari  va misssiyasi haqida soʻzlab berdi. Loyihaning asosiy maqsadi — yosh avlodda kitobga mehr uygʻotish, sifatli tarjima asarlarni keng ommaga yetkazish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish ekani alohida ta’kidlandi.

book
book
book
book
book