"O'zbek tili uchun" tadbiri doirasida 1000KITOBning ilk 27 ta kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

"O'zbek tili uchun" tadbiri doirasida 1000KITOBning ilk 27 ta kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

"O'zbek tili uchun" tadbiri doirasida 1000KITOBning ilk 27 ta kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

20-oktyabr kuni Yoshlar ijod saroyida o‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan “O‘zbek tili uchun” tadbirining birinchi qismi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida 1000KITOB loyihasi tomonidan chop etilgan 27 ta yangi ilmiy va ma’rifiy kitobning taqdimoti ham o‘tkazildi.

Bugunga qadar: loyiha doirasida 113 ta asar ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra tanlab olingan va 85 ta kitobning tarjima huquqi xarid qilingan. 58 ta asarning tarjimasi yakunlandi. 27 ta kitob har biri 3 000, jami 81 000 nusxada chop etildi.

Ushbu kitoblar falsafa, iqtisod, siyosat, tarix, ekologiya, ta’lim, biologiya, sotsiologiya, huquq, san’at va madaniyat kabi 40 ga yaqin fan yo‘nalishini qamrab oladi.

book
book
book
book
book
book