O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi
Uchrashuv davomida jahon ilmiy-ommabop adabiyotlarini o‘zbek tiliga olib kirish, yoshlarning zamonaviy bilimlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va o‘qish madaniyatini rivojlantirish haqida suhbatlashildi.
Talabalar bilan savol-javoblar, kitob tavsiyalari va o‘qish tajribalari atrofida jonli muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida kitob — nafaqat bilim manbai, balki fikrlash doirasini kengaytiradigan eng muhim vositalardan biri ekani yana bir bor ta’kidlandi.
