Ming kitob loyihasi doirasida yana 4 ta kitob chop etildi.
📚Ming kitob loyihasi doirasida yana 4 ta kitob chop etildi. Kitoblar ro’yxati va qisqa annotatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Jeyms Skotning “Davlatcha nazar” kitobi
Bu kitob davlat odamlar hayotini yuqoridan turib tartibga solmoqchi bo‘lganda nimalar noto‘g‘ri bo‘lishini tushuntiradi. Muallif davlat ko‘pincha joylardagi haqiqiy muammolarni va odamlar tajribasini hisobga olmay qolishini ko‘rsatadi.
Andrash Shayoning Hokimiyatni jilovlash kitobi
Kitob hokimiyat jilovlanmasa, u xavfli bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi. Muallif qonunlar va konstitutsiya orqali hukumatni nazorat qilish nega muhimligini izohlaydi.
Duglas S. Nort, Jon Jozef Uollis, Barri R. Vayngastlarning “Zo‘ravonlik va ijtimoiy tartibotlar” kitobi
Bu kitob jamiyatlar tartibni qanday saqlashi va zo‘ravonlikni qanday nazorat qilishini tushuntiradi. Mualliflar ayrim davlatlar rivojlanib ketishi, boshqalari esa nega orqada qolishini sabablar bilan izohlaydi.
Alan Pritchardning “O‘rganish yo‘llari” kitobi
Kitob odamlar qanday o‘rganishini va bilim qanday yaxshiroq yodda qolishini tushuntiradi. Unda darsni faqat eshitish emas, balki faol ishtirok etib o‘rganish muhimligi aytiladi.
📌Kitoblarni kutubxonalarga tarqatish jarayoni 2026 yildan boshlanadi.
