Namangan davlat texnika universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi
“1000 kitob” loyihasi jamoasi tomonidan Namangan davlat texnika universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida loyiha mazmuni, uning yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyatini oshirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kitobxonlik, mutolaa madaniyati hamda loyiha doirasidagi imkoniyatlar haqida fikr almashdilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
