1000KITOB doirasida nashr qilingan kitoblarning OTMlarda mavjudligi monitoring qilinmoqda
“1000 kitob” loyihasi tomonidan chop etilgan kitoblarning hududlardagi oliy ta’lim muassasalariga yetib kelgani, talabalar tomonidan qay darajada foydalanilayotgani hamda mavjud talab va ehtiyojlarni aniqlash maqsadida joylardagi kutubxonalarda monitoring ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida kitoblarning qabul qilinishi, saqlanishi va aylanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Shuningdek, talabalar va kutubxona xodimlarining fikr-mulohazalari tinglandi.
Mazkur jarayon loyiha samaradorligini yanada oshirish, talab yuqori bo‘lgan adabiyotlarni aniqlash va kelgusidagi nashrlar soni hamda yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
