1000KITOB: tarjima huquqi bo‘yicha kelishuvlar davom etmoqda

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli loyiha

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli loyiha – 1000KITOB tarjima huquqi bo‘yicha kelishuvlar samarali davom etayotganini ma'lum qiladi. Quyida ulardan 5 tasi bilan tanishing:

  • Stiven Robbins va Timoti Jaj, “Tashkiliy xulq-atvor asoslari” (“Essentials of Organizational Behavior”);

  • Loren Sompayrak, “Immun tizimi qanday ishlaydi?” (“How the Immune System Works”);

  • Rassell Kerk, “Konservatizm haqida muxtasar qo‘llanma” (“Concise Guide to Conservatism”);

  • Nayl Kishtayni, “Iqtisodiyotning muxtasar tarixi” (“A Little History of Economics”);

  • Tomas Xilland Eriksen, “Kichik joylar, katta masalalar: Ijtimoiy va madaniy antropologiyaga kirish” (“Small Places, Large Issues: An Introduction to Social and Cultural Anthropology”).

Ushbu “beshlik” ilmiy tadqiqotchilar, mavzuga qiziqqan kitobxonlar uchun qimmatli manba bo‘lishiga ishonamiz.

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun