”Falsafaga kirish”: tarjima uchun asos faktlar

Nega aynan

 

🔸Axloqan to‘g‘ri va noto‘g‘rini qanday farqlash mumkin?

🔸So‘z erkinligi qachon cheklanishi mumkin?

🔸Qonun adolatsiz bo‘lsa, uni buzish qanchalik to‘g‘ri?

🔸Ilm va g‘ayriilm o‘rtasidagi chegara qayerda?

🔸Har qanday ishonch bilim bo‘la oladimi?

 

➡️ Bu kabi savollar javobi oddiy-ku desangiz, demak falsafadan bexabarsiz. Oddiy ko‘ringan har narsa ham ko‘ringani kabi emasligi anglangan joyda falsafa boshlanadi.

 

❓Kitob kim uchun:

Kitob tili ancha tushunarli, murakkab falsafiy g‘oyalar soddalashtirilgan, akademik atamalar oz va borlari ham izohlangan. Falsafa bilan tanish bo‘lmagan, ammo fikrlay oladigan, buni istaydigan va bundan qo‘rqmaydiganlar uchun.

 

❓Nima haqida:

Falsafaning deyarli barcha yo‘nalishlari (metafizika, bilish nazariyasi, siyosiy falsafa, axloq falsafasi, din falsafasi, estetika...), ulardagi muhim savollar qamrab olingan. Birgina kitobda ularning barchasi haqida boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

 

❓Qanday shaklda:

Har bir bob falsafaning bir yo‘nalishiga ajratilgan. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oyalar, nazariyalar va ularga raddiyalar izchil shaklda va bugungi kunimizdan misollar bilan tushuntirilgan. Argument va kontr-argumentlar asosida yozilgan boblar falsafiy tafakkur tabiati haqida yetarlicha tasavvur beradi.

 

❓Nimasi bilan farqli:

▫️ Kitob o‘tmish emas, bugungi kun haqida. Undan Platonu Forobiy haqida o‘qimaysiz, balki bugungi kundagi falsafiy savollar olamiga kirasiz. Falsafa osmondagi va o‘tmishdagi bahslar emasligi, kundalik hayotimizda qanday o‘rin tutishi ochiladi.

 

▫️U sizni muayyan qarashga ishonishga undamaydi, balki turli va qarama-qarshi fikrlar, g‘oyalar bilan tanishtiradi, bugungi voqeligimizdan misollar keltiradi va “oddiy”ning aslida oddiy emasligini ko‘rsatadi.

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun