Nashriyotlar uchun tanlov

Loyiha navbatdagi kitoblarni oʻzbek tiliga oʻgirish va nashrga tayyorlash boʻyicha nashriyotlar orasida tanlov eʼlon qiladi.

Quyidagi kitoblar oʻzbek tiliga oʻgirilishi va nashrga tayyorlanishi rejalashtirilmoqda:

Harald H.H.W. Schmidt. The End of Medicine as We Know It – and Why Your Health Has a Future. Springer (APRESS), 2023.

Vicki A. Reed. An Introduction to Children with Language Disorders. Pearson, 2011.

Allan Ornstein, Francis Hunkins. Curriculum: Foundations, Principles, and Issues. Pearson, 2016.

Tanlovda qatnashishga qiziqish bildirgan nashriyotlardan faoliyati haqida qisqa maʼlumot va uni tasdiqlaydigan hujjatlar hamda tarjima namunalari so‘raladi. Loyihaning yuridik masalalar bo‘yicha maslahatchisi hamda 1000KITOB Ekspertlar kengashi a’zolari bergan xulosalarga ko‘ra tanlov g‘olibi aniqlanadi.

Ushbu tanlov Siz uchun nafaqat yirik davlat loyihasida ishtirok etish, balki yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga yuksak hissa qoʻshish imkoniyati hamdir. Qolaversa, bu Sizning nashriyotingiz obroʻsini yanada oshiruvchi bosqich boʻlishi mumkin!

Siz biror nashriyotning vakili yoki doimiy hamkori boʻlsangiz, tanlovda qatnashishga qiziqishingizni bildirish uchun quyidagi shaklni toʻldiring: 

https://forms.gle/sYaCEZvw3iCsqDe29

Iltimos, shaklda faol, ishlab turgan telefon raqami va elektron pochta manzilini koʻrsating. Biz Siz bilan bogʻlanamiz va keyingi qadamlarni tushuntiramiz.

Muhim ma’lumot: Tanlovda faqat nashriyotlar ishtirok etishi mumkin. Siz biror-bir nashriyotga bogʻlanmagan mustaqil tarjimon boʻlsangiz, loyihada qatnashish niyatingizni bildirish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yozib yuboring: 1000kitob@gmail.com

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun