“1000KITOB”ga yangi menejerlar tayinlandi

Xabaringiz bor, Loyihamizga kontent-menejer hamda tashkiliy-moliyaviy menejerlikka nomzodlar ishga olinishi haqida e’lon bergan edik.

Ushbu lavozimlarda ishlash istagini bildirib 300 dan ortiq nomzod o‘z ma’lumotlarini taqdim etdi.

Nomzodlarni tanlab olish 2 bosqichda amalga oshirildi.

Birinchi bosqichda nomzodlar faoliyati belgilangan talablar bo‘yicha o‘rganib chiqildi.

Navbatdagi bosqichda nomzodlar orasidan eng munosiblari Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan suhbat asosida tanlab olindi.

Shunga ko‘ra:

– “1000KITOB” loyihasi kontent-menejeri lavozimiga tilshunos, tarixchi, O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi Eldar Asanov;

– tashkiliy-moliyaviy menejer lavozimiga esa bungacha “Asaxiy Books” nashriyotida 6 yil mobaynida moliyaviy menejer sifatida faoliyat yuritgan Nazirbek Xudoyorov tayinlandi.

Har ikkala menejerga Loyiha ish faoliyatida kuch-quvvat, muvaffaqiyat tilaymiz!

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.