1000KITOB loyihasiga o‘xshash loyihalar haqida eshitganmisiz?

Ilm olishga rag‘bat — har bir millatning kelajagini belgilovchi asosiy mezonlardan biri. Bunday ragʻbatning eng samaralisi ham, eng foydalisi ham, albatta, kitobdir!

Bugun sizga qozoq qardoshlarimizning shu jarayonga yoʻnaltirilgan loyihasi haqida maʼlumot beramiz.

📚 “Қазақ тіліндегі 100 жаңа оқулық” (“Qozoq tilidagi 100 yangi darslik”) loyihasi — mamlakatda bilim berish tizimini modernizatsiya qilish maqsadida ishlab chiqilgan dastur.

📚Dasturning asosiy maqsadi —  oliy ta’limni qozoq tilida olib borish va bu tilda sifatli ta’lim materiallarini taklif etish. Loyiha doirasida jahon miqyosidagi eng yaxshi universitetlar hamda mualliflarning asarlari qozoq tiliga tarjima qilinadi, shundan soʻng mamlakat oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun joriy etiladi.

📚Bu dastur, shuningdek, Qozog‘istonda qozoq tilining nufuzini oshirishga qaratilgani va madaniy merosni saqlashga hissa qo‘shishi bilan ham ahamiyatli.

📃 Loyiha doirasida tarjima qilingan darsliklar turli fanlar bo‘yicha bo‘lib, iqtisodiyot, falsafa, tarix, san’at va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab oladi.

📚 Dastur qozoq tilida ta’lim oluvchi talabalar uchun zamonaviy va sifatli ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu tarzda ularning akademik hamda kasbiy yutuqlariga hissa qo‘shadi.

 

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.