"Etika: asoslar": tarjima uchun asos faktlar
🔸 Odamni oʻgʻrilik qilishdan nima toʻsib turadi: Qonun/dinmi yoki shaxsiy qarashlari?
🔸 Haqiqatni aytish zararga ishlaydigan paytda ham rostgoʻy boʻlish shartmi?
🔸 Yaxshi odamlarni hurmat qilmay qoʻysak ham yaxshi boʻlishda davom etaverishadimi?
➡️ Koʻrinishidan unchalik murakkab tuyulmaydigan bu kabi savollarga turlicha javob berish mumkin. Falsafaning qaysidir yoʻnalishida faqat natija muhim deb qaralsa, qaysidir faylasuf oqibatidan qatʼi nazar rostgoʻy boʻlish shartligini taʼkidlaydi. Etika: asoslar asari turli falsafiy yoʻnalishlardagi toʻgʻrilik, axloq tushunchasi va uning atrofidagi tortishuvlarni xolis izohlab beradi.
❓Kitob kim uchun:
Muallif murakkab axloqiy nazariyalarni ham tushunarli izohlab bergan. Shuning uchun ham kitob xoh u tajribali olim boʻlsin, xoh talaba, axloqning asosiy tamoyillarini o'rganishga qiziqqan har bir kishi uchun foydali manba boʻlib xizmat qiladi.
❓Nima haqida?
Kitob utilitarianizm, deontologiya va fazilat etikasi kabi axloqiy tushunchalarni tahlil qiladi va moral qarorlar qabul qilishda muhim rol oʻynaydigan asosiy tamoyillar haqida atroflicha tushuncha beradi; oʻquvchilarni axloqiy tanlovlar va ularning oqibatlarini tanqidiy baholashga undaydi va shu bilan axloqiy qarorlar qabul qilishning murakkabliklarini chuqurroq tushunishga koʻmaklashadi.
❓Nimasi bilan farqli:
▫️Kitob bir gʻoya yoki yoʻnalishga asoslanmaydi, unda turli axloqiy tushunchalar izohlab beriladi. Bu esa kitobxonning bir gʻoya taʼsiriga tushib qolmay, qarorlar qilishda atroflicha fikrlashiga koʻmak beradi.
Muallif kitobda faqat nazariy tushunchalarni izohlash bilan cheklanmay, hayotiy vaziyatlar bilan misollar keltirib tushuntirgan. Bu esa nazariya va amaliyot oʻrtasidagi toʻsiqni olib tashlab, oʻrganganlarimizni amalda qoʻllashni osonlashtiradi.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun