"Har kim uchun zaruriy bilim" (What Everyone Needs to Know) turkumi
Shu yil chop etiladigan kitoblarimizdan 3 tasi Oksford Universiteti nashriyotining "Har kim uchun zaruriy bilim" turkumi kitoblaridan iborat.
"Har kim uchun zaruriy bilim" zamonaviy dunyoda ahamiyatli bo'lgan murakkab masala hamda mavzularni aniq, qisqa va tushunarli tarzda ochiq beradi.
Tuzilishi va ifoda uslubi. Turkumdagi barcha kitob savol-javob shaklida yozilgan. Ular har kimda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan savollarga aniq va izchil javob beradi. Shu sababli bu kitoblarni ma’lumotnoma sifatida qabul qilish ham mumkin.
Mavzular qamrovi. Turkumda siyosat, global muammolar, fan va sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va biznes, madaniy va ijtimoiy muammolar kabi keng ko‘lamli mavzular qamrab olingan. Ko‘pincha noto‘g‘ri qarashlar keng tarqalgan sohalarda dalillarga asoslangan ma’lumotlarni shu kitoblardan topish mumkin.
Mualliflar tajribasi. Kitoblarning mualliflari odatda o‘z sohasida ko‘p yillik tadqiqot va kasbiy tajribaga ega taniqli mutaxassislardir. Tajriba kontentning nafaqat bilimlarga boyligi, balki ishonchli va joriy muammolarga mutanosib kelishini ta’minlaydi.
Umuman, "Har kim uchun zaruriy bilim" tushunish oson, ommabop va ishonchli ma’lumotlar manbaidir. Siz xoh talaba, xoh mutaxassis yoki shunchaki mavzuga qiziquvchi kitobxon bo'ling, ushbu kitoblar bugungi kunning eng muhim muammolari haqida qimmatli bilimlar bera oladi.
Loyiha doirasida joriy yil turkumning “Korrupsiya” (“Corruption”), “Iqlim o'zgarishi“ (“Climate Change”) hamda “Vaksinalar” (“Vaccines”) nomdagi kitoblari nashr etiladi.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun