Kitoblar bepul tarqatiladimi yoki sotuvga chiqariladimi?
📚Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar Ekspertlar kengashi tavsiyasiga ko‘ra Yoshlar ishlari agentligi tomonidan axborot-kutubxona muassasalari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalariga yetkaziladi.
❗️Tarjima qilingan va chop etishga tayyorlangan kitoblarga doir huquqlar Yoshlar ishlari agentligi tasarrufida qoldiriladi hamda nashriyotlar ushbu kitoblarni kelgusida o‘z mablag‘lari hisobidan chop etishi va sotishi mumkin.
📲 Shuningdek, kitoblarning elektron nusxalari kitobxonlar keng foydalanishi uchun mualliflik huquqi egasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga va Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalarga beg‘araz taqdim etiladi.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun