Kitoblar ro‘yxati qanday talablar asosida tuzilgan?

Avvalroq ma’lum qilganimizdek, loyihaning boshlang‘ich bosqichlarida muqaddima kitoblar, qo‘llanmalar, darsliklar, umuman sohani tanishtiradigan kitoblar tarjima qilinadi. Bunda ayrim umumiy mezonlarga amal qilinadi:

 

a) xarajati qoplanmagani uchun xususiy nashriyotlar bosmaydigan, ammo jamiyat uchun zarur kitoblar. Nashriyotlar shundoq ham o‘z mablag‘i hisobidan chiqarib, foydasini ham chiqarib olishi mumkin bo‘lgan, bozori chaqqon kitoblar byudjet mablag‘i hisobidan chiqarilishi maqsadga muvofiq emas;

b) kitoblar tili va ifodasi sodda, nomutaxassis bo‘lsa ham, nisbatan o‘qiydigan omma, talabalar ham tushunadigan bo‘lishi kerak;

d) kitob tili soddaroq bo‘lsa ham, ilmiy asosi bo‘lishi lozim. Ya’ni ilgari qilingan ilmiy ishlar, ilmiy kitoblardan kelib chiqishi kerak. Kitoblar tegishli soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tomonidan yozilganiga alohida e’tibor qaratiladi. Nomutaxassis, havaskor mualliflarniki qabul qilinmasligi kerak;

e) u yoki bu nazariyaga yoki mafkuraga ortiqcha yon bosadigan, targ‘ibot xarakteridagi kitoblar, ayniqsa, ular ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishda bo‘lsa, ro‘yxatga kiritilmasligi kerak;

f) kitoblar nafaqat bilim berishi, ayni paytda, mustaqil va tanqidiy fikrlay olish malakasini shakllantirishga xizmat qilishi ustuvor maqsad bo‘lib qolishi kerak.

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.