“Korrupsiya: har kim uchun zaruriy bilim”. Tarjima uchun asos faktlar

So‘nggi yillarda korrupsiya borasida salmoqli tadqiqotlar olib borilganiga qaramay, natijalariga tor doirada yondashilgan. Tadqiqotlarning aksarida faqat bir davlat yoki o‘sha davlatning alohida hududi o‘rganilgan, xolos. Bu esa mavzu borasida kengroq fikrlash kerakligini, maqola shaklidagi tadqiqotlardan ko‘ra dadilroq fikrlarni o‘rtaga tashlashni taqozo etardi.

 

Oxford University Press tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “What Everyone Needs to Know” (Har kim uchun zaruriy bilim) turkumidagi asarlarni bu borada muhim qadam deyish mumkin. Bugungi kunda ushbu turkumdan 116 ta asar o‘rin olgan. Ulardan biri Loyihamiz doirasida nashrga tayyorlanayotgan “Corruption: What Everyone Needs to Know” (“Korrupsiya: har kim uchun zaruriy bilim”) kitobidir. 

 

❓Kitobni kimlar yozgan

Mualliflar korrupsiya mavzusini uzoq yillardan beri o‘rganib kelayotgan mutaxassislar: biri siyosiy fanlar bo‘yicha olima Miriam A. Golden – Italiya, Hindiston va Ganadagi korrupsion holatlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, ma’lumotlar to‘plagan; yana biri iqtisodchi Rey Fisman – yoshlik yillarini dunyo bo‘ylab sayohat qilish asnosida Indoneziya, Hindiston va boshqa o‘lkalardagi korrupsiya mohiyatini tushunishga sarflagan.

 

Rey korrupsiyaning iqtisodiy oqibatlari xususida, Miriam esa ko‘proq siyosiy partiyalarning qay tariqa korrupsiyalashishi haqida mulohaza yuritgan.

 

❓Kitob kim uchun

Asarning asosiy o‘quvchisi – korrupsiya haqida bilimga ega bo‘lishni istagan har kim –  u xoh talaba, xoh akademik, siyosatdon bo‘lsin. Umuman, korrupsiya mavzusi kasb-kori, professional ishi bilan kesishgan jamiki kitobxon uchun foydali qo‘llanma bo‘ladi. Mualliflar xorijlik kitobxonni ham unutmagan. Turfa o‘lkalardan misol va vaziyatlar kiritib, muhokama qilgan g‘oya va fikrlarining butun dunyo kitobxonlariga ham birdek aloqador ekaniga urg‘u qaratgan.

 

❓Nimalar ko‘tarilgan

Kitob 9 bobdan iborat. Nima uchun yozilganidan tortib korrupsiyani yo‘qotishda nima qilish kerakligigacha savollarga javob izlangan. Aytaylik:

 

▫️Korrupsiyaga kimlar aralashadi va nima uchun?

▫️Nega u qashshoq o‘lkalarda oddiy holga aylangan?

▫️Korrupsiya ishchi daromadiga qanday ta’sir qiladi?

▫️Nega davlat xizmatchilari pora oladi?

▫️Saylovdagi firibgarlik ham korrupsiyami?

▫️Korrupsiyaning oqibatlari qanday?

 

➡️ Shu kabi savollarga turli mamlakatlar, vaziyatlardan olingan yorqin misollar talqinida javob beriladi. Bu orqali o‘quvchiga korrupsiya qayerda, nega va qanday sodir bo‘lishini anglashga ko‘maklashiladi.

 

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.