“Kuch qonuni: Venchur kapital va yangi kelajak qurish”:
Dasturlash va sun'iy intellekt jadal rivojlangani sayin “Venchur kapitali” tushunchasiga ham tez-tez duch kelinyapti. Xo‘sh, u nima?
Venchur kapitali – tadbirkorlik va istiqbolli startaplarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, innovatsiyalarni rag'batlantirishga qaratilgan yuqori xavfga ega investitsiya.
▫️ Venchur kapitalistlar istiqbolli startap loyihalarini qanday aniqlashadi?
▫️Ular daromadini maksimal oshirish uchun qanday strategiyalardan foydalanadi?
▫️Startaplarning muvaffaqiyat qozonishi yoki omadsizlikka uchrashida qanday omillar rol o‘ynaydi?
▫️Venchur kapitalistlari investitsiya kiritish qarorlaridagi xavf va noaniqlikni qanday boshqaradi?
▫️Venchur kapitali kiritish bilan bog‘liq qanday muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz misollar mavjud? Ulardan qanday saboq olish mumkin?
▫️Venchur kapitalining sanoat, iqtisod va jamiyatga ta'siri qanday?
➡️ Kitobdan shu va shu kabi savollarga javob topasiz.
Kitob kim uchun
Kitob sodda tilda yozilgani va fikrlar turli misollarda izohlangani bilan ham soha tadqiqotchilariga, moliya va tadbirkorlikka qiziqqan talabalarga qimmatli maʼlumotlar beradi.
Nima haqida
Kitobda startap loyihalarining rivoji yoki yo‘q bo‘lib ketishiga ta'sir etuvchi omillar qayd etiladi. Muallif chuqur tahlil va hikoyalar orqali muvaffaqiyatli venchur kapitalistlarning tafakkuri, investitsiyalari dinamikasi hamda sanoat va iqtisodiyotga ta'siri haqida tushuncha beradi. Kitob bozorlar va jamiyatlarni qayta shakllantirish potensialiga ega kuchli innovatsiyalarni oldindan payqash va rivojlantirish ilmi va san'atini ham yoritadi.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun