"Misinformatsiya psixologiyasi": tarjima uchun asos faktlar
Misinformatsiya nima?
Misinformatsiya, dezinformatsiya va malinformatsiya qanday farqlanadi?
Misinformatsiyaga ishonish va uni tarqatish sabablari nima?
Misinformatsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin?
"Qirol Charlz III Drakulaning uzoq qarindoshi”. “Hukumatlar noma’lum uchar jismlar haqidagi ma’lumotlarni yashirmoqda". “COVID-19 kosmosdan kelgan…"
Bu kabi da’volar bir qarashda bema’ni ko‘rinadi, ammo ularning ba’zilari haqiqat, boshqalari esa noto‘g‘ri, yanglish ma’lumot, ya’ni "misinformativ" bo‘lishi mumkin. Misinformatsiya — yanglishtiruvchi, noto‘g‘ri axborot o‘zi qanday bo‘ladi? Kimlar ularga oson ishonadi va ishongani uchun tarqatadi? Nima uchun? Bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerak? Ushbu kitob shu va boshqa ko‘plab savollarga javob beradi.
Kitob kim uchun?
Kitob misinformatsiyaga qiziqadigan, lekin psixologiya, xulq-atvor ilmi va siyosatshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy darajaga (balki, hozircha) ega bo‘lmagan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. Kitobdan oliy ta’limda misinformatsiya va dezinformatsiya bo‘yicha darslik sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridan tashqaridagilar (masalan, siyosatchilar, tarbiyachi-muallimlar yoki faktcheking bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar xodimlari hamda mutaxassis bo‘lmagan qiziquvchilar) uchun bilim manbasi bo‘lib xizmat qila oladi.
Nima haqida?
Kitob misinformatsiya bo‘yicha eng yangi tadqiqotlardan biri bo‘lib, unda misinformatsiya o‘zi nimaligi va uning tarixi; odamlar unga nima uchun ishonishi va boshqalar bilan ulashishi; misinformatsiyaga qarshi kurashish vositalari haqida so‘z boradi. Har bir masala yuzasidan hayotiy misollar orqali tushuntirishlar beriladi.
Qanday shaklda?
Kitob uch qismga bo‘lingan. Birinchi qism misinformatsiya haqida o‘quvchi bilishi kerak bo‘lgan boshlang‘ich bilimlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi qismda misinformatsiyaga ishonish va uning tarqalishi haqida so‘z boradi. Nihoyat, uchinchi qism misinformatsiyaga qarshi kurashish haqida.
Nimasi bilan farqli?
Kitob nafaqat o‘qish uchun, balki qo‘llanma sifatida foydalanib, amalda misinformatsiyaga qarshi kurashish va kishining o‘zidagi misinformatsiyaga moyilliklarni aniqlash va bartaraf qilish uchun ham mo‘ljallangan. U o‘quvchini muayyan nuqtayi nazarni dastaklashga undamaydi. Aksincha, bir qancha nuqtayi nazarlarga xolislik bilan yondashib, xulosa chiqarishni uning o‘ziga qoldiradi.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun