“O‘zimga xitob” qanday asar?
Loyihada shu yil chop etiladigan kitoblardan biri – Rim imperatori Mark Avreliyning “O‘zimga xitob”i. Asar milodiy II asrda yozilgan bo‘lsa-da, undagi hikmatlar bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyati, qiymati, dolzarbligini yo‘qotmagan.
Asarda butun borliq, hayot, taqdir haqidagi falsafa bor. Mark Avreliy bu uqtirish, xitoblarni kechmishlaridan kelib chiqib yozgani bois ham juda tabiiy.
Muallif hayot mohiyati haqida hikmatlar aytarkan, bu mulohazalar o‘quvchini o‘z xatti-harakatlari, istaklari va sabablarini chuqurroq o‘ylab ko‘rishga undaydi.
Mark Avreliy imperator sifatida yetakchilik va boshqaruv masalasiga alohida to‘xtaladi. Asarda rahbarning xalq xizmatchisi sifatidagi roli ta’kidlanib, oqilona va adolatli boshqaruvga intilishlar aks etgan. Zamonaviy kitobxon, ayniqsa boshqaruvchilar asardan halollik, kamtarlik va umumiy manfaatlar yo‘lida yetakchilik borasidagi muhim ma’lumotlarni oladi.
Asar har qanday bilim darajasidagi kitobxon uchun tushunarli bo‘lgan qisqa qaydlardan iborat. Natijada u tez o‘qiladi, chuqur g‘oyalarni hazm qilish, mushohada va hayotga tatbiq etish osonlashadi.
Kitob o‘z navbatida Rim imperiyasining madaniy-tarixiy manzaralarini ham chizib beradi. Bu esa kitobxonning tarix, falsafa sohalarida bilimlarini boyitadi, G‘arb tafakkuri rivojlanishini chuqurroq anglashga yo‘l ochadi.
Хullas, “O’zimga xitob” falsafa, tarix, ruhiy kamolot yoki yetakchilikka qiziqishi yuqori har kim uchun qimmatli ma’lumotlar taqdim etadi.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun