"Taʼlim yoʻllari: nazariyalar va oʻqitish uslublari":
🔸 O‘rganishni "programma"lashtirib bo‘ladimi?
🔸 Rivojlanishning "yaqin" va "uzoq" zonalari bo‘ladimi?
🔸 Qiziqishi va layoqati har xil bolalarga bilim berishning qanday samarali yo‘llari bor?
➡️ Bolalarning o‘zlashtirishi masalasiga bizda ancha oddiy qaraladi: bola “besh”ga o‘qiyaptimi, demak, u qobiliyatli. Aksincha bo‘lsa, o‘zlashtirish qobiliyati pastligidan deb tushuniladi.
Aslida, hammasi shunchalik oddiymi? Maktabda baholari eng past o‘quvchi qobiliyatsizligidan emas, balki to‘g‘ri o‘rgatishmagani uchun bilim ololmagan bo‘lishi ham mumkin.
Autizm kabi miya sindromiga ega bolalarga aqlan zaif deb qarash keng tarqalgan, aslida esa ta‘limning to‘g‘ri usullari ularni boshqa bolalar bilan teng darajaga olib chiqadi.
❓Kitob kim uchun:
Kitob sodda tilda yozilgan qo‘llanma bo‘lib, pedagoglar va ota-onalarga o‘qitish bo‘yicha toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Kitob miya faoliyati va o‘rganish usullariga qiziqqan har kim uchun foydali.
❓Nima haqida:
Kitob o‘rganish jarayonining qanday sodir boʻlishini tasvirlovchi nazariyalar va ularning amaliy tatbiqi haqidadir. Muallif o‘rganish paytida inson miyasidagi jarayonlarni tasvirlar ekan, qanday qilib taʼlim samaradorligini oshirish mumkinligini ham ko‘rsatadi. Kitobdan, shuningdek, Lokk, Montessori, Dyui, Piaje, Vigotskiy singari pedagogik psixologiyaga salmoqli hissa qo‘shgan olimlarning qarashlari ham o‘rin olgan.
❓Nimasi bilan farqli:
▫️O‘rganish va shu paytdagi miya faoliyatini tasvirlovchi har bir nazariyaga alohida o‘rin berilgan va bu nazariyalarni amaliyotda qo‘llashga doir tavsiyalar keltirilgan.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun