Tanishing, Benedikt Anderson
– Irlandiyalik siyosatshunos;
– AQSHdagi Kornell universitetida dars bergan (1965-2002), xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha faxriy professor;
– Indoneziya jurnali bosh muharriri (1966–1984);
– Amerika san’at va fanlar akademiyasi a’zosi.
Anderson 1936-yili Xitoyda (otasining xizmat safari davrida) tug'ilgan. Otasi irland, onasi ingliz. 1941-yili Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgach, Kaliforniyadagi maktabda o‘qigan. 1957-yili Kembrij universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, klassik fanlar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.
U millatchilikning kelib chiqishi haqidagi izlanishlari bilan mashhur. Uning dastlabki ishlari, shu jumladan doktorlik dissertatsiyasi Indoneziya siyosatiga qaratilgan.
Andersonning “Xayoliy jamoalar: millatchilikning ildizlari va oqibatlari” (https://t.me/mingkitobuz/52) (“Imagined Communities: Reflections on the Origin and Spread of Nationalism”) asari loyihamiz doirasida nashrga tayyorlanmoqda.
Ushbu nashr muallifni millatchilikni tadqiq qilgan eng ilg‘or mutafakkirlardan biri sifatida dunyoga tanitgan. Kitobda XVIII-XIX asrlarda millatchilikning rivojlanishiga olib kelgan shart-sharoit tahlilga tortiladi. Shuningdek, imperiyalar tanazzulidan so‘ng millatchilik zamonaviy dunyoni qanday shakllantirgani Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropa misolida bayon etilgan.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun