Tanishing, Stiven Robbins!
1000KITOB loyihasi doirasidagi asarlarning barchasi o‘z sohasida atoqli olimlar tomonidan yozilgan. Ular kim, ilm-fanda tutgan o‘rni, faoliyati qanday – shu kabi savollarga javob tariqasida yangi #tanishing ruknini tashkil etdik. Quyida sizga tarjima huquqi olingan kitoblardan biri "Tashkiliy xulq-atvor asoslari" ("Essentials of Organizational Behavior") asari mualliflari Stiven Robbins hamda Timoti Jaj haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
● Arizona universitetida PhD darajasini egallagan. Nebraska, Brigham Young va San-Diego universitetlari professori;
● Menejment, tashkiliy xulq-atvor va inson resurslari kabi sohalarda ko‘plab tashkilotda maslahatchi bo‘lib ishlagan va shu sohalarda qimmatli darsliklar muallifi;
● Kitoblari 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan va 20 tilga tarjima qilingan. Uning kitoblaridan AQSHning 1500 dan ortiq kollej va universitetida foydalaniladi;
● Butun dunyo bo‘ylab turli korporatsiyalar va akademik muassasalar uchun maʼruza va seminarlar o‘tkazgan.
✍️ Timoti Jaj:
● Illinoys universitetida Tashkiliy xulq-atvor yo‘nalishida PhD darajasi sohibi. Florida, Notr-Dam va Ayova universitetlarida ilmiy lavozimlarda ishlagan.
● Jaj o'zining ta'lim va tadqiqot xizmatlari uchun ko‘plab mukofotlar olgan. Jumladan, “Sanoat va tashkilot psixologiyasi” jamiyati tomonidan “Taʼlimga qo‘shgan hissasi uchun” taqdirlangan.
● Ilmiy faoliyatidan tashqari, turli tashkilotlarda maslahatchi bo‘lib ishlagan hamda yetakchilikni rivojlantirish, xodimlarni tanlash va ish faoliyatini baholash kabi sohalarda tajriba ulashgan. Uning maqola va darsliklari nufuzli akademik jurnallarda nashr etiladi.
Umuman olganda, Robbins ham, Jaj ham menejment va tashkiliy xulq-atvor sohasida o‘qituvchi, tadqiqotchi, muallif va maslahatchi sifatida alohida martabaga ega shaxslardir. Ular ushbu sohalarda nazariya, amaliyot va ta'limga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan.
Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun