Published on

Published on

Published on

Feb 11, 2025

Feb 11, 2025

Feb 11, 2025

“1000KITOB” loyihasi kontent-menejer izlamoqda

“1000KITOB” loyihasi kontent-menejer izlamoqda

“1000KITOB” loyihasi kontent-menejer izlamoqda

To'liq stavka

To'liq stavka

To'liq stavka

Ishda

Ishda

Ishda

Shartnoma asosida

Shartnoma asosida

Shartnoma asosida

Toshkent shahri Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 11A-uy

Vakant:

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligining eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etish bo‘yicha “1000KITOB” loyihasi kontent-menejer lavozimi uchun nomzodlarni ishga taklif qiladi.


Kontent-menejerning vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹chop etiladigan kitoblar ro‘yxatini Ekspertlar kengashi bilan hamkorlikda shakllantirish;

🔹Ekspertlar kengashiga kitoblarning ro‘yxatini shakllantirish, tarjimalar va matn tahriri jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

🔹tanlangan kitoblarning mualliflik huquqini qo‘lga kiritish ishlarini tashkil qilish, bunda agar zaruriyat bo‘lsa, tegishli mutaxassislar yordamidan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;

🔹nashriyotlar, shuningdek, har bir kitobga biriktiriluvchi ekspertlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun Ekspertlar kengashiga taklif kiritish;

🔹noshirlar bilan hamkorlikni rivojlantirib borish;

🔹nashr sifatiga mas’ullik, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilinayotgani ustidan doimiy nazoratni olib borish;

🔹Ekspertlar kengashi bilan hamkorlikda tarjima va tahrir maktabini hamda an’analarini shakllantirish va rivojlantirish;

🔹loyiha ofisini boshqarish;

🔹loyiha haqida Agentlik, Ekspertlar kengashi va jamoatchilikka muntazam hisobot berib borish.



Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

• oliy ma’lumot;

• sohada kamida 3 yillik uzluksiz ish staji;

• davlat tilini mukammal bilish (chet tillarini yaxshi bilish ustunlik beradi);

• yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajara olish.



Sizga nimalarni taklif qilamiz?

• shinam ofis;

• qulay ish rejimi;

• xorijiy davlatlarga xizmat safarlari;

• yuqori oylik ish haqi.


Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar 1000kitobhr@gmail.com manziliga CV yuborishlari mumkin.



2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.