Editors' pick

Gulnoz Mamarasulova

Tarjimon

Gulnoz Mamarasulova – olim, tarjimon, yozuvchi va jamoatchilik faoli. U 1990-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2021-yilda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Hozirda Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida dotsent lavozimida faoliyat yuritadi.

Uning adabiy faoliyati 2006-yilda chop etilgan “Bo‘stonim” she’riy to‘plami bilan boshlangan. 2007-yilda “Armonga aylangan baxt” nomli nasriy to‘plami, 2011-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Ijod” jamoat fondi tomonidan “Kutayotgan ayol” nomli nasriy to‘plami chop qilingan. 2024-yilda esa o‘zbek xalq og‘zaki ijodining boy merosi zamonaviy talqinda ifodalangan “Xosiyat momo ertaklari” asari nashr etilgan. Uning asarlarida ayol taqdiri, baxt va insoniy kechinmalar kabi mavzular qamrab olinib, keng kitobxonlar auditoriyasiga manzur bo‘lgan.

Mamarasulova tarjima sohasiga ham muhim hissa qo’shib, jahon adabiyotining mashhur namoyandalari hikoyalarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan; Uning tarjimalari “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti”, “Ijod olami” jurnallari hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Kitob dunyosi”, “Davr yoshlari” kabi nufuzli nashrlarda chop etilgan. Shuningdek, u o‘zbek adiblarining bir qator asarlarini ingliz tiliga o‘girish orqali o‘zbek adabiyotining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shmoqda.

Gulnoz Mamarasulova Loyiha doirasida ekspertlar tomonidan tanlangan Oksford universiteti nashriyotining “Qisqa tanishtiruv” turkumidagi “Inson huquqlari” kitobini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Mehnat faoliyati:

2025 Global Move. All right reserved.

2025 Global Move. All right reserved.

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun