Tanishing, Nayjel Uorberton  

Ingliz faylasufi. 1962-yilda tug‘ilgan

 


📚Ta’lim

Bristol universitetida bakalavr hamda Kembrijdagi Darvin kollejida PhD darajasini olgan. U avval Angliyada qirollik xartiyasiga ega The University of Nottingham universitetida, keyinchalik esa talabalar soni boʻyicha Buyuk Britaniyadagi eng yirik The Open University (OU) davlat tadqiqot universitetida 20 yil dars bergan.

 

✅ Karyera

▫️Uorberton asarlari o‘nlab tilga tarjima qilingan va u falsafaga oid eng xaridorgir kitoblar muallifi ("Falsafaning muxtasar tarixi", “Falsafaga kirish”, “Falsafa: klassika”, “A dan Z gacha fikrlash”, ”So‘z erkinligi: qisqa tanishtiruv” va boshqa), shuningdek “Siyosiy falsafani o‘qish: Makiavellidan Millga” kitobi hammuallifi;

▫️Philosophy Bites (https://nigelwarburton.typepad.com/philosophy_bites/)da taniqli faylasuflar bilan muntazam  podkastlar tashkil etadi (Amerika Qo‘shma Shtatlarida eng ko‘p – 34 milliondan ortiq yuklab olingan podkastlardan biri);

Loyihamiz doirasida uning “Falsafaga kirish” (“Philosophy: The Basics”) kitobi nashrga tayyorlanmoqda.

 

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun