Nashriyotlar uchun navbatdagi tanlov

Loyiha kitoblarni oʻzbek tiliga oʻgirish va nashrga tayyorlash boʻyicha nashriyotlar orasidagi tanlovning eʼlon qiladi.

Quyidagi kitoblar oʻzbek tiliga oʻgirilishi va nashrga tayyorlanishi rejalashtirilmoqda:

  1. Mircea Eliade. Aspects du mythe. Folio Essays, 1988.

  2. Mathieu Deflem. Sociology of Law. Visions of a Scholarly Tradition. Cambridge University Press, 2008.

  3. William D. Nordhaus. The Climate Casino: Risk, Uncertainty, and Economics for a Warming World. Bloomsbury Press, 2009.

  4. Nick Bostrom. Superintelligence: Paths, Dangers, Strategies. Oxford University Press, 2014.

  5. Richard Dawkins. The Selfish Gene. Oxford University Press, 2016.

  6. Terry Martin. The affirmative action empire: Nations and nationalism in the Soviet Union, 1923–1939. Cornell University Press, 2018.

  7. Jeff Speck. Walkable city rules: 101 steps to making better places. Island Press, 2018.

  8. Dirk Schoenmaker, Willem Schramade. Principles of Sustainable Finance. Oxford University Press, 2019.

  9. David Adger. Language Unlimited. The Science Behind Our Most Creative Power. Oxford University Press, 2019.

  10. Theodore H. Cohn, and Anil Hira. Global political economy: Theory and practice. Routledge, 2020.

  11. Brian M. Fagan, Nadia Durrani. Archaeology: A Brief Introduction. Routledge, 2021.

  12. Ben Auffarth. Generative AI with LangChain. Packt Publishing, 2023.

  13. Jacques Berlinerblau. Secularism: the Basics. Routledge, 2024.

  14. Александр Панчин. Защита от темных искусств. Путеводитель по миру паранормальных явлений. Corpus, 2024.

Tanlovda qatnashishga qiziqish bildirgan nashriyotlardan faoliyati haqida qisqa maʼlumot va uni tasdiqlaydigan hujjatlar hamda tarjima namunalari so‘raladi. Loyihaning yuridik masalalar bo‘yicha maslahatchisi hamda 1000KITOB Ekspertlar kengashi a’zolari bergan xulosalarga ko‘ra tanlov g‘olibi aniqlanadi.

Ushbu tanlov Siz uchun nafaqat yirik davlat loyihasida ishtirok etish, balki yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga yuksak hissa qoʻshish imkoniyati hamdir. Qolaversa, bu Sizning nashriyotingiz obroʻsini yanada oshiruvchi bosqich boʻlishi mumkin!

Siz biror nashriyotning vakili yoki doimiy hamkori boʻlsangiz, tanlovda qatnashishga qiziqishingizni bildirish uchun quyidagi shaklni toʻldiring:

https://forms.gle/h1uWmYssPMzwsyqdA

Iltimos, shaklda faol, ishlab turgan telefon raqami va elektron pochta manzilini koʻrsating. Biz Siz bilan bogʻlanamiz va keyingi qadamlarni tushuntiramiz.

Muhim ma’lumot: Tanlovda faqat nashriyotlar ishtirok etishi mumkin. Siz biror-bir nashriyotga bogʻlanmagan mustaqil tarjimon boʻlsangiz, loyihada qatnashish niyatingizni bildirish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yozib yuboring: 1000kitob@gmail.com.

Kitobga buyurtma bermoqchimsiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun